"Milan" hujumchisi Kristofer Nkunku "RB Leypsig"ga qaytishga yaqin turibdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berishicha, bugun, 25 avgust kuni fransiyalik o‘yinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi. Nemis klubi Nkunkuni 35 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
28 yoshli forvard 2023 yildan 2025 yilgacha "RB Leypsig" safida to‘p surgan.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Kristofer "rossoneri" safida 32 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi o‘z hisobiga sem ta gol (beshtasi – penaltidan) va uchta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.













