UFC sobiq chempioni Charlz Oliveyra yilning ikkinchi yarmidagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.
Avvalroq Oliveyra Arman Sarukyanga qarshi jang o‘tkazishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Natijada Sarukyanning raqibi Maurisio Ruffi bo‘ldi, Oliveyraning jang qilmasligi esa OAVda uning yaqin do‘stining vafoti bilan bog‘langan edi.
«Hozirda mening tayinlangan janglarim yo‘q, manga raqiblar taklif qilishmadi. Odamlar har xil ismlarni aytmoqda, lekin hozircha hech qanday aniq narsa yo‘q. Men yil oxirigacha yana bir marta jang qilmoqchiman», — deya Oliveyraning so‘zlarini keltiradi Home of Fight.
Oliveyra (37-11) so‘nggi bor oktagonga mart oyida chiqqan bo‘lib, u Las-Vegasdagi «Ti-Mobayl Arena»da bo‘lib o‘tgan turnirning asosiy jangida hakamlar qarori bilan Maks Xolloueyni mag‘lub etgan edi.













