Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko van Basten Xavi Ernandesning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi.
«Barselona» sobiq futbolchisi 1978-yildan beri Niderlandiya termasini boshqargan birinchi xorijlik mutaxassisga aylandi.
«Shaxsan men niderlandiyalik murabbiyni afzal ko‘rgan bo‘lardim. Menimcha, biz mutaxassislarni shu yerning o‘zida, Niderlandiyada tarbiyalashimiz kerak. Agar Niderlandiyada terma jamoa uchun mahalliy murabbiy topa olmasak, unda nimadir noto‘g‘ri ketayotgandek taassurot uyg‘onadi», — dedi van Basten Radio JOE efirida.
Niderlandiya termasini bunga qadar Ronald Kuman boshqarib kelayotgan edi. U 2026-yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqarildi.
Niderlandiya terma jamoasi mundialning 1/16 final bosqichida Marokashga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.













