Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi vingeri Karim Mendixanov "Barselona" yoshlar jamoasida debyut qildi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.
Futbolchi o‘zining Instagram sahifasida "Kadet A" (U-16) jamoasi tarkibida "La Masiya" akademiyasining ichki jamoasiga qarshi yopiq mashg‘ulot o‘yinidan suratlar joyladi.
"Debyut", — deya qisqa izoh qoldirdi qozog‘istonlik futbolchi.
15 yoshli Mendixanov joriy yilning iyul oyida "La Masiya" akademiyasida muvaffaqiyatli ko‘rikdan o‘tgach, "Barselona" bilan uch yillik shartnoma imzolagan edi.
Ushbu tarixiy transferga qadar Uralsk shahrida tug‘ilgan yosh futbolchi bir necha yil Ispaniyada yashab, Kataloniyaning "Serdanyola" va "San-Kugat" o‘smirlar jamoalarida to‘p tepgan. Aynan shu yerda u "Barselona" skautlari e’tiborini o‘ziga qaratgan.













