Umarali Rahmonaliyev to‘p tepayotgan Ozarbayjonning "Sabah" klubi bugun Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga chiqish uchun muhim bahsni o‘tkazadi.
Boku jamoasi 25-avgust kuni saralash pley-off bosqichining javob uchrashuvida Isroilning "Hapoyel Beer-SHeva" klubini o‘z maydonida qabul qiladi. Mazkur bellashuv ikki jamoa uchun ham Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma taqdirini hal qiladi.
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev hal qiluvchi uchrashuvni "Sabah"ning boshlang‘ich tarkibida boshlashi ma’lum bo‘ldi.
Boku shahridagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start oladi.














