Shimoliy Irlandiyada futbolni boshqaruvchi Irlandiya futbol assosiasiyasi (IFA) FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylovda Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida FIFA Jahon chempionati huquqlarini sotish uchun FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tijoriy tuzilma tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Keyinchalik futbol konfederasiyalarining tanqidlari va UYEFAga a’zo mamlakatlar tomonidan Jahon chempionatini boykot qilish tahdidlari ortidan Infantino mazkur g‘oyadan voz kechishga qaror qildi.
"Irlandiya futbol assosiasiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini qaytarib oldi.
FIFA aktivlarining bir qismini hech qanday maslahatlashuvsiz xususiy investisiya kompaniyasiga sotish taklifi oddiy kommunikasiya muammosidan ko‘ra jiddiyroq masaladir.
Bizningcha, bu strategiya, boshqaruv va aktivlarimizni tasarruf etishning fundamental tamoyillarini shubha ostiga qo‘yadi. Biz o‘zgarish vaqti keldi, deb hisoblaymiz", — deyiladi IFA bayonotida.













