Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Angliyada Vinisiusning «Arsenal»ga transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi

Angliyada Vinisiusning «Arsenal»ga transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlar futbolchining Madrid klubi bilan yangi va yaxshiroq shartnoma tuzishi uchun agentlar tomonidan qo‘llangan usul bo‘lgan. Shunday fikrni «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Garet Berri bildirdi.

Uning aytishicha, futbolchilar shartnomani uzaytirish muzokaralarida o‘z shartlarini yaxshilashni istaganida bunday vaziyatlar tez-tez uchrab turadi.

Shu bilan birga, Berri Vinisiusni Angliya Premyer-ligasida ko‘rishdan mamnun bo‘lishini ham ta’kidladi.

«Men bu xabarlarni odatiy agentlik yurishi sifatida qabul qildim. Shu bilan birga, Vinisiusni Premyer-ligada ko‘rish ajoyib bo‘lardi. Chunki u hozir dunyo futbolidagi eng katta yulduzlardan biri», — deya Berrining so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Keyinchalik Vinisius va «Real» o‘rtasidagi shartnoma 2032 yilga qadar uzaytirilgani rasman tasdiqlandi.

Kiritildi: 05:25, 26.08.2026.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик