Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Sterling may oyidagi YTHdan so‘ng sud oldida javob beradi

Sterling may oyidagi YTHdan so‘ng sud oldida javob beradi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rahim Sterlingga may oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan keyin rasman ayblovlar qo‘yildi. Bu haqda Goal xabar berdi.

Sterling boshqargan, qiymati taxminan 270 ming funt bo‘lgan Lamborghini avtomagistral to‘sig‘iga urilgan. Hodisaga boshqa avtomobil jalb etilmagan va hech kim jarohat olmagan.

Polisiya Sterlingni xavfli tarzda avtomobil boshqarish, azot oksidi — "kuldiruvchi gaz"ni saqlash hamda tekshiruv uchun talab qilingan namuna topshirishdan bosh tortishda ayblamoqda. Futbolchi 15 sentyabr kuni Beyzingstok magistratlar sudida hozir bo‘lishi kerak. Agar xavfli mashina boshqarish bo‘yicha aybdor deb topilsa, unga ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Sterling 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o‘tgan, keyinchalik "Arsenal"da ijara asosida o‘ynagan. So‘ng u "Feyenoord" sharafini himoya qildi, ammo Niderlandiya klubi bilan shartnomasi yozda yakunlandi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi. 

Kiritildi: 06:50, 26.08.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик