Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Alvares Artetaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

Alvares Artetaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

Baho:
+1 | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares Londonning "Arsenal" jamoasiga o‘tishga qiziqish bildirmayapti.

Jurnalist Xosep Pedrerol ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta argentinalik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo Alvares javob bermagan.

Hujumchi Angliyaga qaytishni istamayapti va hamon faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida. Kataloniya klubi vakillari "Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Xil Marin o‘z pozisiyasini o‘zgartirib, futbolchi bo‘yicha taklifni qabul qilishiga umid qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" Xulian Alvares uchun 100 million yevro taklif qilmoqda. "Arsenal"dan esa madridliklar taxminan 150 million yevro talab qilgani aytilmoqda.

Kiritildi: 08:45, 26.08.2026.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик