Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» Minte uchun 93 million yevro taklif qilmaydi

«Liverpul» Minte uchun 93 million yevro taklif qilmaydi

Baho:
+ | -

«Brayton» va «Liverpul» vinger Yankuba Mintening transfer shartlarini kelishib ola olmayapti.

«Qanotlilar» 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million funt sterling (93,5 million yevro) so‘ramoqda. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotlariga ko‘ra, «qizillar» gambiyalik futbolchi bo‘yicha ikkita taklif bildirgan — ikkalasi ham 60 million funt sterling (70 million yevro) dan kam summani tashkil qilgan. Mersisaydliklar sezilarli darajada ko‘proq pul taklif qilish niyatida emas.

Avvalroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar berk ko‘chaga kirib qolgani xabar qilingan edi. Transfermarkt portali ekspertlari Yankuba Mintening qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi 36 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:55, 26.08.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик