Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Yuventus» «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi bilan muzokaralar olib bormoqda

«Yuventus» «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Milan» klublari safida to‘p surgan ivuariyalik yarim himoyachi Frank Kessi Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda o‘z sahifalarida jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinyora» futbolchining vakillari bilan mumkin bo‘lgan transfer yuzasidan faol muzokaralar olib bormoqda.

Ayni paytda Frank Kessi erkin agent maqomida turibdi. Yarim himoyachining so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi bo‘lgan edi. U yozda shartnoma muddati tugagani sababli jamoani tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda yarim himoyachi 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:12, 26.08.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик