«Yuventus» darvozaboni Mattia Perinning «Palermo»ga o‘tganini rasman e’lon qildi.
Avvalroq xabar berilganidek, B Seriya vakili 33 yoshli italiyalik golkiper uchun qariyb 500 ming yevro to‘laydi.
Perin «Yuventus» safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. Shu vaqt oralig‘ida u ikki mavsumni «Jenoa»da o‘tkazgan.
Darvozabon Turin klubi safida jami 71 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.













