Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Lokomotiv» — «Bunyodkor»: o‘zaro o‘yinlar tarixida kim ustun?

«Lokomotiv» — «Bunyodkor»: o‘zaro o‘yinlar tarixida kim ustun?

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turida «Lokomotiv» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qiladi.

Toshkentning ikki jamoasi shu kunga qadar o‘zaro 35 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarda «Bunyodkor» biroz ustunlikka ega.

«Lokomotiv» 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Bunyodkor» 14 marta zafar quchgan. Yana 9 ta bahs durang natija bilan yakunlangan.

O‘zaro uchrashuvlarda «Lokomotiv» raqib darvozasiga 45 ta gol urgan, «Bunyodkor» esa 49 marta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar ham e’tiborga molik. «Lokomotiv»ning «Bunyodkor» ustidan eng yirik g‘alabasi — 3:0. «Bunyodkor» esa raqibini eng katta hisobda 4:0 natijasi bilan mag‘lub etgan.

O‘zaro o‘yinlar statistikasi:

«Lokomotiv» — «Bunyodkor»
O‘yinlar — 35 ta
«Lokomotiv» g‘alabalari — 12 ta
«Bunyodkor» g‘alabalari — 14 ta
Duranglar — 9 ta
Gollar — 45:49
Eng yirik g‘alabalar — 3:0 va 0:4

Navbatdagi uchrashuv 26 avgust kuni soat 19:00 da «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Sport TV telekanali orqali namoyish etiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:37, 26.08.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик