Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi himoyachisi Villi Kambvala faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. Futbolchining yangi ish joyi «Komo» klubiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Italiyaliklar Kambvala ni joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda himoyachini keyinchalik to‘liq sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan.
Villi 2024 yilning yozidan buyon «sariq submarina» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan xolos.
«Komo» A Seriyaning yangi mavsumini durang natija bilan boshladi. Jamoa safarda «Udineze» bilan ochko bo‘lishib oldi.













