«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining «Elche»ga qarshi o‘tgan so‘nggi o‘yinida (5:0) jarohat olgan jamoa yarim himoyachisi Gavining holati haqida gapirdi.
— Gavi yaxshi. Uning ahvoli o‘yindan keyingi holatiga qaraganda ancha yaxshilandi. Ammo yana bir hafta kutishimiz kerak, — dedi Flik.
So‘nggi o‘yinda Gavi maydonda 45 daqiqa harakat qildi va natijali harakatlar amalga oshirmadi.
27 avgust, payshanba kuni «Barselona» Ispaniya chempionatining birinchi turidan qoldirilgan o‘yinda «Atletik»ni qabul qiladi.













