Madridning «Real» klubi Formula-1 Ispaniya Gran-prisi tashkilotchilari bilan kelishuvga erishdi.
Klub musobaqaning mahalliy hamkori maqomiga ega bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, poyga haftaligi davomida «Real»ning mashg‘ulot majmuasi infratuzilmasining bir qismidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, «Real» Gran-prining bir nechta mehmonlar zonalarida taqdim etiladi. Tashkilotchilar klub afsonalari va boshqa mashhur vakillarining ham tadbirda ishtirok etishini rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Atletiko» ham Gran-pri tashkilotchilari bilan shunga o‘xshash hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi. «Riyad Eyr Metropolitano» stadioni, jumladan, tadbirning logistika markazi sifatida ham foydalaniladi.
Ispaniya Gran-prisi 11–13 sentyabr kunlari Madring trassasida bo‘lib o‘tadi.













