Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Jekson «Aston Villa»ga o‘tishga yaqin

Jekson «Aston Villa»ga o‘tishga yaqin

Baho:
+1 | -

«Aston Villa» senegallik futbolchini transfer qilishga qat’iy bel bog‘lagan.

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson «Aston Villa»ga o‘tishga yaqin.

25 yoshli forvardni transfer qilish bo‘yicha muzokaralar oldinga siljigan, ammo yakuniy kelishuv hali imzolanmagan. Bitim qiymati 60–70 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Jeksonga birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri qiziqish bildirmoqda. U avval senegallik futbolchi bilan «Vilyarreal»da birga ishlagan.

Shuningdek, Jeksonga «Atletiko» ham qiziqish bildirgan edi, ammo Madrid klubi futbolchini ijaraga olishni rejalashtirgani, «Chelsi» esa to‘liq transferni talab qilgani sababli muzokaralar to‘xtab qoldi.

O‘tgan mavsum Jekson «Bavariya»da ijara asosida o‘tkazdi. U Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Yozda hujumchi Senegal terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi Jahon chempionatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

«Aston Villa» APLning birinchi turida «Brayton»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Unai Emeri jamoasi keyingi o‘yinda 31 avgust kuni o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 16:18, 26.08.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик