Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Real" yangi mavsum oldidan hakamlik qoidalari bo‘yicha maxsus brifingdan o‘tdi

"Real" yangi mavsum oldidan hakamlik qoidalari bo‘yicha maxsus brifingdan o‘tdi

Baho:
+ | -

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, "Real Madrid" futbolchilari 2026/27 yilgi mavsum davomida qo‘llaniladigan yangi qoidalar bilan tanishish maqsadida an’anaviy mavsumoldi hakamlik brifingida ishtirok etdi.

Mashg‘ulot "Valdebebas" bazasida o‘tkazildi. Taqdimotni Madrid vakili bo‘lgan La Liga hakami Migel Anxel Ortis Arias olib bordi.

Brifing davomida almashtirishlar paytida vaqtni cho‘zishga qarshi yangi choralar, tibbiy yordam olgan futbolchining maydon tashqarisida bir daqiqa qolishi talabi, shuningdek VAR aralashishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha holatlar batafsil tushuntirildi.

Joze Mourinyo boshchiligidagi murabbiylar shtabi ham uchrashuvda qatnashib, hakamlar mavsum davomida amal qiladigan mezonlar bilan tanishdi.

Brifing "Real Madrid"ning "Santyago Bernabeu"dagi yangi mavsum birinchi uy uchrashuvi — "Real Sosyedad"ga qarshi bahs oldidan tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvni Mateo Buskets Ferrer boshqarishi belgilangan.

Kiritildi: 16:25, 26.08.2026.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик