"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Bu haqda gapirishni istamayman. Vaziyat shundayki, yo Xulianni olamiz, yo hozirgi futbolchilar bilan qolamiz. Men jamoamga to‘liq ishonaman, shuning uchun har qanday holatda ham yechim topa olamiz. Deku juda yaxshi ish olib bormoqda", — deya Flikning so‘zlarini Marca keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, yozda "Barselona" Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmadi, keyin esa Ferran Torresni "PSJ"ga sotdi.
Ayni paytda Flik ixtiyorida sof markaziy hujumchi sifatida faqat 18 yoshli Hamza Abdelkarim bor.
Avvalroq "Barselona" Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.













