Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"RB Leypsig" Kasado uchun "Barselona" bilan aloqaga chiqdi

"RB Leypsig" Kasado uchun "Barselona" bilan aloqaga chiqdi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romanoning eksklyuziv ma’lumotiga ko‘ra, "RB Leypsig" so‘nggi 48 soat ichida "Barselona" bilan bog‘lanib, Mark Kasadoning transferi qanday shartlarda amalga oshishi mumkinligini so‘ragan klublardan biri bo‘ldi.

22 yoshli yarim himoyachining "Barselona"dan ketishi yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda. Ayni paytda uning keyingi manzili bo‘yicha bir nechta variant ko‘rib chiqilmoqda.

"RB Leypsig"dan tashqari, Turkiyaning bir qator klublari ham transfer oynasi yopilguniga qadar ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu ma’lumot Mundo Deportivo'ning avvalgi xabari bilan ham mos keladi. Unga ko‘ra, "Barselona" ichida o‘tkazilgan sport yig‘ilishida Joan Laporta va Deku asosiy jamoa tarkibini ixchamlashtirish maqsadida Kasado hamda yosh himoyachi Ektor Fortning ketishi bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini tasdiqlagan.

Kiritildi: 17:34, 26.08.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик