"PSJ" Coca-Cola France bilan hamkorlikni qayta tiklaganini e’lon qildi.
Global hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv 2029 yilga qadar amal qiladi. Hamkorlik doirasida "PSJ"ning uy stadioni "Park-de-Prens"da yaqin vaqt ichida maxsus maydoncha ochiladi. U yerda mavsum davomida futbol va Parij madaniyatiga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Coca-Cola "PSJ" klubi ranglarida bezatilgan alyuminiy bankalarda maxsus ichimlik seriyasini chiqaradi. Uning umumiy adadi 400 ming donani tashkil qiladi.
"PSJ" va Coca-Cola o‘zlarining umumiy tarixiga qaytish uchun yana birlashmoqda. Ikki tomonning maqsadi — muxlislarni ularning qiziqishlari atrofida birlashtirish va unutilmas his-tuyg‘ular hamda muloqot onlarini yaratish.
Futbol, moda, musiqa va turmush tarzi kesishgan nuqtada "PSJ" futbol maydonidan ancha tashqariga chiqqan ta’sirga ega madaniy ikonaga aylandi. Bu yo‘nalish Coca-Cola'ning odamlarni muhim voqealar va ularni birlashtiradigan his-tuyg‘ular atrofida jamlash qobiliyati bilan uyg‘unlashadi", — deyiladi "PSJ" bayonotida.













