«Strasburg» himoyachisi Guela Due faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchiga «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Parijliklar transfer oynasi yopilgunga qadar futbolchi bo‘yicha taklif berishga tayyor. Guelaga uzoq vaqtdan beri «Everton» ham qiziqib kelmoqda, ammo parijliklardan taklif tushsa, Guela aynan «PSJ»ni tanlaydi.
Guela Due «PSJ»da o‘ynaydigan Dezire Duening akasi hisoblanadi.













