Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

UEFA JCH boykotidan voz kechmoqda — FIFAdan kerakli kafolatlar olindi

UEFA JCH boykotidan voz kechmoqda — FIFAdan kerakli kafolatlar olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilish rejasidan voz kechmoqda.

Iyul oyida FIFA jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tijoriy tuzilma yaratishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi a’zolari navbatdan tashqari yig‘ilishda, agar vaziyat o‘zgarmasa, FIFA musobaqalarida ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

Avgust boshida UEFA o‘z pozisiyasini saqlab qolayotganini tasdiqlagan edi. Bu paytga kelib FIFA kuchli tanqidlardan so‘ng mazkur g‘oyani amalga oshirishdan voz kechgan bo‘lsa ham, boykot tahdidi hali bekor qilinmagandi.

Endi esa Reuters ma’lumotiga ko‘ra, UEFA rasmiylari payshanba kuni Monakoda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda boykotni bekor qilish uchun zarur shartlar bajarilganini ma’lum qilishi kutilmoqda.

Muzokaralardan xabardor manbalarning bildirishicha, Yevropa futbol tashkiloti jahon chempionati va boshqa yirik musobaqalardagi ulushlarni sotish rejasi qayta tiklanmasligi bo‘yicha kafolat olganidan so‘ng boykot tahdidini olib tashlashga tayyor.

"Bu UYEFAning mag‘lubiyati emas. Aksincha, bu yosh futbolchilarni hayotda bir marta beriladigan imkoniyatdan mahrum qilmaslikka xizmat qiladigan real qaror. O‘zgarishlar talab qilish va bu yo‘nalishdagi harakatlar davom etadi", — dedi Reuters manbasi.

Kiritildi: 21:10, 26.08.2026.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик