«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson yaqin vaqt ichida «Aston Villa» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «ko‘klar» senegallik futbolchi uchun bonuslarni ham hisobga olganda 65 million funt sterling, ya’ni qariyb 76 million yevroga teng taklifni qabul qilish arafasida.
25 yoshli Jekson allaqachon «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri bilan suhbatlashgan va transferga rozilik bildirgan. Tomonlarga faqat ayrim detallarni kelishib olish qolgan. Shundan so‘ng forvard tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va Birmingem klubi bilan shartnoma imzolaydi.
«Aston Villa» safida Nikolas Jekson Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tishga yaqin turgan Olli Uotkinsning o‘rnini egallashi kutilmoqda.













