Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvda Vinisius Juniorni nima sababdan almashtirganini tushuntirdi.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi, 80-daqiqada esa xet-trik qayd etgan Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Oradan ko‘p o‘tmay Vinisius maydonni tark etdi. Uchrashuv «Real»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Agar Vini gol urmaganida, men uni almashtirmagan bo‘lardim. O‘tgan mavsumda muxlislar ba’zida unga hushtakbozlik qilganini bilaman. Shuning uchun golidan keyin uni almashtirishga qaror qildim — u mahalliy muxlislarning mehrini his qilishini istadim. Qolaversa, biroz dam olish ham unga zarar qilmaydi», — dedi Mourinyu. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
30 avgust kuni «qaymoqranglilar» o‘z maydonida «Malaga»ga qarshi bahs olib boradi. Madrid grandi La Liganing dastlabki ikki turidan so‘ng 6 ochko jamg‘argan.













