Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Valverde: "Mbappega minglab uzatmalar berishimiz kerak"

Valverde: "Mbappega minglab uzatmalar berishimiz kerak"

Baho:
+1 | -

"Real" sardori Federiko Valverde Ispaniya chempionatining 1-turida "Real Sosyedad" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin fikr bildirdi.

"Men g‘alabani juda qattiq istagan, yuqori kayfiyatdagi jamoani ko‘rdim. Birinchi golni urganimizdan keyin bizga biroz sabr yetishmadi. To‘pni ko‘proq nazorat qilib, hisobni ushlab turishimiz kerak edi.

Tanaffusdagi suhbat bizga foyda berdi, ikkinchi bo‘lim esa ajoyib o‘tdi. Biz pressingga alohida e’tibor qaratdik, ba’zi o‘zgartishlar kiritdik va ikkinchi bo‘limda o‘zimizni ancha erkin his qildik.

Hozir Mbappening o‘yinidan shunchaki zavq olish kerak. U ko‘proq gol urishi, o‘zini qulay va baxtli his qilishi uchun unga minglab uzatmalar berishimiz kerak. U bugun qilgan ishlarini yil davomida ham ko‘rsatib kelyapti.

"Real" sardori bo‘lish — aql bovar qilmas tuyg‘u. Bu kunni uzoq vaqt eslab qolaman. Oilam ham shu yerda edi va ular juda ta’sirlanishdi. Ammo eng muhimi — g‘alaba qozonish edi va biz bunga erishdik", — dedi Valverde. Uning so‘zlarini AS nashri keltirdi.

Kiritildi: 09:51, 27.08.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик