Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

"Valensiya" Arnau Martinesni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Valensiya" Arnau Martinesni o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

"Jirona" himoyachisi Arnau Martines "Valensiya" safiga o‘tdi. Bu haqda "ko‘rshapalaklar" matbuot xizmati xabar berdi.

23 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Martines "Valensiya" safida 22-raqamda harakat qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etgan.

Martines "Jirona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida jami 200 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 10:23, 27.08.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик