Ispaniya chempionati 1-tur uchrashuvida Madridning «Real» klubi o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni 4:1 hisobida yirik mag‘lub etdi. «Qaymoqranglilar» safida uchta golga Kilian Mbappe mualliflik qildi.
Xet-trik evaziga Mbappe «Real»ga kelganidan buyon 100 dan ortiq golli harakat chegarasidan o‘tdi. Ayni paytda fransiyalik futbolchi hisobida 89 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.
Ballon d'Or ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe «Real» tarixida 100 ta golli harakatga eng tez yetib borgan futbolchilar orasida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fransiyalik hujumchiga bu natija uchun 105 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Ronaldu esa 100 ta golli harakat chegarasiga atigi 70 ta o‘yinda yetib borgan.
«Real» navbatdagi uchrashuvini 30 avgust kuni «Malaga»ga qarshi o‘tkazadi.













