«Barselona» bugun, 27 avgust kuni Ispaniya chempionati doirasida «Atletik»ka qarshi maydonga tushadi.
Tahlilchilar uchrashuvda «Barselona»ning g‘alaba qozonish ehtimolini 77,6 foiz deb baholamoqda. Durang ehtimoli 14,3 foizni, «Atletik»ning g‘alaba qozonish imkoniyati esa 8,1 foizni tashkil etmoqda.
Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2026 yil 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan va unda «Barselona» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bahsdagi yagona golga Lamin Yamal mualliflik qilgan.













