Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Leauning kelajagi bugun hal bo‘lishi mumkin

Leauning kelajagi bugun hal bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Milan» Rafael Leauning kelajagi bo‘yicha masalani tezroq hal qilishni istamoqda. Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, «rossonerilar» vinger uchun Turkiyaning «Galatasaroy» va Angliyaning «Aston Villa» klublaridan tushgan takliflarni qabul qilgan. Har ikki klub ham futbolchi uchun 45–50 million yevro to‘lashga tayyor.

Italiya grandi rahbariyati portugaliyalik futbolchi bugun, payshanba kuni faoliyatini qayerda davom ettirishini tanlashiga umid qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Galatasaroy» 27 yoshli Leauga 2030 yilga qadar mo‘ljallangan va yiliga 12 million yevro maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qilgan.

«Aston Villa» esa uzoqroq muddatli — 2031 yilga qadar shartnoma taklif etmoqda, ammo maosh miqdori kamroq — yiliga 8 million yevro.

Rafael Leau 2019 yildan buyon «Milan» safida to‘p tepib kelmoqda.

Kiritildi: 12:09, 27.08.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик