Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«O‘tgan safar o‘yinni avtoturargohdan ko‘rgandim» — Mourinyo

«O‘tgan safar o‘yinni avtoturargohdan ko‘rgandim» — Mourinyo

Baho:
+ | -

Joze Mourinyu 13 yillik tanaffusdan so‘ng Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi sifatida «Santyago Bernabeu»da ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

«Qaymoqranglilar» La Liga doirasida o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Vinisius Junior mualliflik qildi.

«Santyago Bernabeu»ga qaytishim odatdagidek o‘tdi — endi o‘yinlar oldidan asabiylashmayman. O‘tgan safar fevral oyida bu yerga «Benfika» bilan kelganimda, o‘yinni avtoturargohdan tomosha qilishimga to‘g‘ri kelgan edi. Bu safar esa zaxira o‘rindig‘idan kuzatish imkoniga ega bo‘ldim», — dedi Mourinyu. Uning so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.

Portugaliyalik mutaxassis iyun oyida «Real»ga qaytgan. U «Benfika»da o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 12:11, 27.08.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик