Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Milan» «Galatasaroy» taklifini qabul qildi

«Milan» «Galatasaroy» taklifini qabul qildi

Baho:
+ | -

«Milan» vingeri Rafael Leau «Galatasaroy»ga o‘tishga yanada yaqinlashdi. Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «rossonerilar» portugaliyalik futbolchi bo‘yicha Turkiya klubining taklifini qabul qilgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuv mavjud.

Transfer qiymati bonuslarsiz 45 million yevroga baholanmoqda. Endi yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qilishi kerak. Leauga Angliyaning «Aston Villa» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Galatasaroy» 27 yoshli futbolchiga yiliga qariyb 12 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Rafael Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:20, 27.08.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик