«Liverpul» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqish bildirmoqda. Transfer News Live nashri The Independent'ga tayanib xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi mersisaydliklar tomonidan yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod sifatida qaralmoqda.
«Bornmut» Skott uchun taxminan 90 million funt sterling, ya’ni qariyb 105 million yevro talab qilmoqda. «Liverpul» hozircha bunday mablag‘ni to‘lashga tayyor emas va shu sabab futbolchi transferi masalasini kelasi yilga qoldirishi mumkin.
Aleks Skottga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olingan edi.
Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













