Kirish Ro'yxatdan o'tish

ESPN Argentina: O‘zbekiston — Argentina o‘yini bo‘yicha muzokaralar qayta boshlandi

ESPN Argentina: O‘zbekiston — Argentina o‘yini bo‘yicha muzokaralar qayta boshlandi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasiga sentyabr oyida Xitoyda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish taklif qilindi.

Dastlab Xitoy tomonidan bildirilgan taklif rad etilgan. Bunga tashkilotchilar Lionel Messining uchrashuvda qatnashishini majburiy shart sifatida qo‘ygani sabab bo‘lgan.

ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, hozirda muzokaralar qayta tiklangan. Biroq Messining mazkur o‘yinda ishtirok etishi masalasi hali ham ochiq qolmoqda. Ma’lumki, 39 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin xalqaro faoliyatini yakunlash haqida o‘ylab ko‘rgan.

Taxminlarga ko‘ra, Argentina terma jamoasi 30 sentyabr kuni Xitoyda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Argentinaliklarning ikkinchi ehtimoliy raqibi hozircha aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2026 finaliga qadar yetib borgan va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Kiritildi: 12:39, 27.08.2026.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик