Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Sigankov «Ayaks»ga o‘tdi

Sigankov «Ayaks»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Ayaks» «Jirona»ning ukrainalik qanot hujumchisi Viktor Sigankov bilan shartnoma imzolaganini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Tomonlar 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishdi. Avvalroq transfer summasi taxminan 3,5 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.

Sigankov «Jirona»ning Segundadagi birinchi turida «Leganes»ga qarshi 1:1 hisobidagi o‘yindan so‘ng jamoa kiyinish xonasida yuzaga kelgan janjalda ishtirok etgan edi. Undan tashqari, janjalda klub tibbiy shtabi vakillaridan biri ham qatnashgan.

Janjalga ukrainalik futbolchi atrofidagi vaziyat sabab bo‘lgan. Sigankov klubni tark etish istagini bildirgan va «Leganes»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishdan bosh tortgan edi.

«Ayaks»ning Sigankovni transfer qilishga qiziqishi haqida dastlabki xabarlar may oyining oxirida paydo bo‘lgan. Mavsumlar oralig‘ida amsterdamliklar jamoasi bosh murabbiyi Michel bo‘ldi. U «Jirona»da ukrainalik futbolchi bilan birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

O‘tgan mavsumda Sigankov barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

«Ayaks» Eredivizi chempionatining dastlabki ikki o‘yinida 4 ochko to‘pladi. Michel boshchiligidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini bugun, 27 avgust kuni Konferensiyalar ligasi saralash pley-off bosqichi doirasida «Syon»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:42, 27.08.2026.
O'qildi: 442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик