Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Chelsi» «Bornmut»ga Skott uchun qariyb 105 million yevro taklif qildi

«Chelsi» «Bornmut»ga Skott uchun qariyb 105 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hanuz «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda, deb xabar berdi The Independent.

Manbaga ko‘ra, London klubi 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun qariyb 105 million yevro taklif qilgan. Avvalroq «Chelsi» ushbu transfer uchun taxminan 80 million yevro ajratishga tayyor edi, ammo bu taklif rad etilgan.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 2026 yilda «Bornmut» unga taklif qilgan yangi shartnomani rad etgan.

Yozgi transfer oynasida Skottga «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Manchester Siti» klublari ham qiziqish bildirgan. Iyun oyida BBC «Arsenal»ning ham «Bornmut»dan rad javobini olganini xabar qilgan edi.

Skott 2023 yil avgustidan buyon «Bornmut» safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 39 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:51, 27.08.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик