«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xavi Espart La Ligada klubning asosiy jamoasi futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, 19 yoshli himoyachi Hansi Flikning ishonchini qozongan va unga asosiy tarkibdan joy ajratilgan.
Espart 2026/27 yilgi La Liga mavsumining «Elche»ga qarshi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. «Barselona» 5:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda futbolchi bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi. La Liganing rasmiy ma’lumotlarida uning joriy mavsumda bir o‘yin va bir golli uzatmasi qayd etilgan.
Mavsum boshida Espart zaxira jamoasi lisenziyasi bilan 36-raqamda harakat qilgan edi. Uning asosiy jamoaga o‘tkazilishi ortidan 12-raqamni olishi kutilmoqda. Universal futbolchi asosan o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydi, shuningdek, yarim himoya va chap qanotda ham harakat qila oladi.













