Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

De Bryuyne Gabriel Jezusning «Napoli»ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

De Bryuyne Gabriel Jezusning «Napoli»ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusning Neapol klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. Belgiyalik futbolchi sobiq jamoadoshi «Napoli» hujumiga yangi xususiyatlar qo‘sha olishini ta’kidladi.

«Gabriel Jezus bizga sifat qo‘shadi. U to‘p bilan muomala qilish, uni saqlab qolish va hujumlarni tashkil etishda jamoaga yordam bera oladi. U bizdagi Rasmus va Lorensodan farq qiladigan futbolchi. Agar u kelsa, bizga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, u katta tajribaga ega va qanday g‘alaba qozonishni biladi. Bu juda muhim. Nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi De Bryoyne «Korryere dello Sport» nashriga bergan intervyusida.

De Bryoyne Jezus bilan transfer masalasida shaxsan gaplashmaganini ham ma’lum qildi:

«Yo‘q, u menga qo‘ng‘iroq qilmadi».

Ikki futbolchi avval «Manchester Siti» safida bir necha mavsum birga to‘p tepgan.

Kiritildi: 16:37, 27.08.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик