Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Grilish «Aston Villa» taklifiga qaramay, boshqa klubni tanladi

Grilish «Aston Villa» taklifiga qaramay, boshqa klubni tanladi

Baho:
+ | -

talkSPORT jurnalisti Aleks Kruk ma’lum qilishicha, Jek Grilish shu yozda «Manchester Siti»ni tark etadigan bo‘lsa, «Everton»ga qaytishni istamoqda.

Vingerga uning sobiq klubi «Aston Villa» ham ijara bo‘yicha taklif bilan chiqqan, ammo Grilishning ustuvor varianti «Everton» bo‘lib qolmoqda.

Bu qaror Enso Mareska shu hafta futbolchining kelajagi bo‘yicha aniqlik kiritmaganidan keyin qabul qilindi. Mutaxassis Grilish haqida «u bu yerda bo‘lmaydigan kunga qadar uni mashq qildirishda davom etaman», deya izoh berdi.

Grilish o‘tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o‘tkazdi va Devid Moyes qo‘l ostida faoliyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq oyoq suyagi sinishi sababli uning mavsumi muddatidan oldin yakunlandi. Keyinchalik «Manchester Siti» «Everton»ning futbolchini 50 million funtga sotib olish huquqi amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadi.

Grilish mavsumoldi tayyorgarligi uchun «Manchester Siti»ga qaytdi, ammo Mareska qo‘l ostida hali ham asosiy rejalardan chetda qolmoqda.

U «Everton» safida Premyer-ligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:54, 27.08.2026.
O'qildi: 1642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик