«Arsenal» sobiq futbolchisi Andrey Arshavin yosh yarim himoyachi Aleksey Batrakovning «Lokomotiv»dan «Galatasaroy»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Arshavin «Sport-Ekspress»ga bergan intervyusida Batrakovning transferiga ijobiy munosabatda ekanini aytdi. Uning fikricha, «Galatasaray» faoliyatini davom ettirish uchun yomon variant emas.
Sobiq futbolchi Batrakov faoliyatida keyingi qadamni tashlashi kerak bo‘lganini ta’kidladi.
«O‘zining o‘yin sifatlari bo‘yicha Aleksey “Galatasaroy”ning asosiy tarkibidan joy olishga loyiq. Agar u Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli o‘ynasa, boshqa klublarning ham e’tiborini tortishi mumkin», — dedi Arshavin.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Batrakov yaqinda rasmiy ravishda «Galatasaroy»ga o‘tdi. Turkiyaning amaldagi chempioni Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun taxminan 25 million yevro to‘ladi.













