Marca ma’lumotiga ko‘ra, «Benfika» Xose Mariya Ximenesga jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozgi transfer oynasi yakuniga qadar uni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Ximenes «Atletiko»ni tark etishi mumkin. Madrid klubi himoya chizig‘ida Robin Le Norman, Mark Pubil, David Xansko va yangi transfer Kristian Romero kabi futbolchilar borligi sabab raqobat yuqori.
Nikolas Otamendi va Antoniu Silva kabi muhim futbolchilar jamoani tark etganidan so‘ng, Marko Silva boshchiligidagi «Benfika» Ximenes singari tajribali markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Biroq urugvaylik futbolchining o‘zi sovrinlar uchun kurasha oladigan loyihaga o‘tishni afzal ko‘radi.
Transfer amalga oshishi uchun «Benfika» Ximenesning maoshi va «Atletiko»ning moliyaviy talablarini ham qondirishi lozim.













