Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«PSJ» muvaffaqiyatli mavsum uchun barcha xodimlarini mukofotlaydi

«PSJ» muvaffaqiyatli mavsum uchun barcha xodimlarini mukofotlaydi

Baho:
+ | -

«PSJ» 2025/26 yilgi mavsumdagi yuqori sport natijalari uchun klub xodimlariga jamoaviy mukofot puli to‘laydi. «L'Equipe» ma’lumotiga ko‘ra, har bir xodim 4772,24 yevro miqdorida bonus oladi.

Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy bu qarorni xodimlarga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan. Mukofot puli ikki qismda to‘lanadi, uning birinchi yarmi avgust oyi maoshiga qo‘shib beriladi.

Bonus futbol va gandbol bo‘limlari, «Park de Prens» stadionini boshqaruvchi tuzilma, shuningdek klub jamg‘armasi va xayriya loyihalarida ishlaydigan xodimlarga taalluqli. Asosiy shartlardan biri — xodim o‘tgan mavsum davomida kamida sakkiz oy klubda faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak. Sport natijalari uchun alohida mukofot oladigan xodimlar mazkur to‘lovdan mustasno.

«PSJ» rahbariyati bu qarorni klubning 2025/26 yilgi mavsumdagi natijalari, jumladan Chempionlar ligasidagi navbatdagi g‘alabasi bilan izohlagan. O‘tgan mavsum yakunlarida ham klub xodimlariga mukofot puli to‘langan edi.

Kiritildi: 17:22, 27.08.2026.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик