«Real Madrid» «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda.
Madrid klubi Fransiya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisini kuzatib bormoqda va uni yarim himoya markazini kuchaytirish uchun ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Biroq Manu Konini transfer qilish uchun «qirollik klubi»ga asosiy yarim himoyachilaridan birining ketishi kerak bo‘ladi.
«Real» o‘z futbolchilaridan birini APL klubiga sotish ehtimolini istisno qilmayapti va bunday vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Chelsi» yarim himoyachilar izlamoqda. Avvalroq bu borada Eduardo Kamavinga va Orelyen Tchuameni nomlari tilga olingan edi.
«Real» skautlari Xuni Kalafat rahbarligida Konining o‘yinlarini stadionlarda jonli kuzatgan. Futbolchining salohiyati yuqori baholanmoqda.
AS ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz futbolchisining tovon puli miqdori taxminan 60 million yevroni tashkil qiladi.
Kone o‘tgan mavsumda A Seriyada 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi va 2 ta sariq kartochka oldi. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa 5 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta ogohlantirish oldi.













