«Chelsi» 18 yoshli himoyachi Onyest Axanorning «Atalanta»dan transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabrisio Romano ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlarga bitimning ayrim tafsilotlarini kelishish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish qolgan. Transfer summasi 40 million funtni tashkil qiladi. Axanor avvalroq faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishga rozilik bergan.
Shu bilan birga, London klubi yosh himoyachining keyingi rivojlanishi bo‘yicha rejani hali aniqlashi kerak. Avvalroq transfer rasmiylashtirilganidan so‘ng Axanor joriy mavsumni APLning boshqa klubida o‘tkazishi, 2027 yil yozida esa «Chelsi»ga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.













