Bugun «Atletiko» 26 yoshli argentinalik futbolchini «Barselona»ga sotmasligini rasman e’lon qildi: «Muzokaralar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Futbolchi bu qarorimizni tushunadi va bor kuchini ishga solib harakat qiladi, deb ishonamiz».
Ben Jeykobs ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Madrid klubi vakillari Xulianning transferini «Arsenal» bilan muhokama qilish uchun Londonga borgan. Klub manbalari Angliya poytaxtiga tashrifni «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘lashga uringan, ammo asosiy maqsad Alvaresning kelajagi bo‘lgan.
«Atletiko» «Arsenal»ga jahon chempioni uchun 120 million funtdan (140 million yevro) yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishini bildirgan. «Kanonirlar»ning o‘zi futbolchi jamoaga o‘tishga rozi bo‘lgan taqdirda taklif bilan chiqishga tayyor. London klubi shuningdek, madridliklar bitim tuzilishi borasida yon berishini kutmoqda.













