Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Iraola «Liverpul»ning Chempionlar ligasidagi qur’asiga baho berdi

Iraola «Liverpul»ning Chempionlar ligasidagi qur’asiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola 2026/27 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi qur’asi natijalariga munosabat bildirdi.

«Liverpul» «Enfild»da «Atletiko», «Portu», «Vilyarreal» va «Lans»ni qabul qiladi. Safarda esa Iraola jamoasi «Inter», «Bryugge», «Fenerbaxche» hamda Avstriyaning «LASK» klubi bilan to‘qnash keladi.

«Bu juda qiziqarli va murakkab qur’a bo‘ldi. Ammo har qanday holatda ham kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimizni oldindan bilardik. Biz kutgan narsa ro‘y berdi», — dedi Iraola «Liverpul» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ispaniyalik mutaxassis bo‘lajak uchrashuvlarning yuqori saviyada o‘tishiga ham e’tibor qaratdi.

«Chempionlar ligasining kuchi ham shunda. Bunday musobaqada ishtirok etish — haqiqiy sinov. Har bir o‘yin o‘ziga xos tarzda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ularga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz va maydonda bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak», — dedi murabbiy.

Shu bilan birga, Iraola jamoani avvalo Angliya Premyer-ligasidagi uchrashuvlarga e’tibor qaratishga chaqirdi.

«Qanchalik yaxshi tayyor bo‘lishimiz o‘zimizga bog‘liq. Ammo undan oldin chempionatda ikkita muhim o‘yin kutib turibdi. Chempionlar ligasi haqida o‘ylashdan avval butun e’tiborimizni shu uchrashuvlarga qaratamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 8 sentyabr kuni start oladi. Uchrashuvlarning aniq taqvimi 29 avgustdan kechiktirmay e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 01:07, 28.08.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик