Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

La Liga. «Barselona» «Atletik»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi

La Liga. «Barselona» «Atletik»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» Ispaniya La Ligasi 1-turidan qoldirilgan uchrashuvda Bilbaoning «Atletik» klubini o‘z maydonida 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisob 37-daqiqada ochildi. Rafinya aniq zarba bilan kataloniyaliklarni oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa Fermin Lopes «Barselona»ning ustunligini yanada mustahkamladi.

Shu tariqa, «Barselona» ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘ardi va xuddi shunday natija qayd etgan «Real», «Sevilya» hamda «Betis» bilan birga turnir jadvali peshqadamligini bo‘lishib turibdi.

«Atletik» esa mavsum boshidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Ispaniya La Ligasi. 1-tur

27.08.2026 | Barselona, «Kamp Nou»

«BARSELONA» — «ATLETIK B» — 2:0

Gollar: Rafinya 37’ (1:0), Fermin Lopes 82’ (2:0).

«Barselona»: J. Garsiya, Espart, Martin, Kubarsi, E. Garsiya (Kunde, 80), Pedri (Joau Kanselu, 85), Bernal (Olmo, 63), Fermin Lopes, Gordon (Adeyemi, 80), Rafinya (Rodri, 63), Yamal.

«Atletik B»: Simon, Lui-Jan (Boyro, 70), Lyaport, Alvares, Rinkon, Kanales, Xauregisar (Gerenabarrena, 70), N. Uilyams (Navarro, 60), Sanset, Inyaki Uilyams (Berenger, 60), Guruseta (Djalo, 81).

Ogohlantirishlar: Espart (27) — Guruseta (48), Lui-Jan (61).

Bosh hakam: Aryas (Ispaniya)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:06, 28.08.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик