«PSJ» himoyachisi Markinyos UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin tomonidan feyr-pley mukofoti bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi Monakoda o‘tkazilgan 2026/27 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash jarayonida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, «Arsenal» va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri ham UYEFA prezidentining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.













