Xorvatiyalik hujumchi Petar Suchich «Inter» safidagi ikkinchi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futbolchining o‘zi tan olishicha, u Milan klubiga «oshiq bo‘lgan».
Bunga o‘tgan mavsumda «Inter»ning ichki musobaqalarda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari ham ta’sir ko‘rsatgan.
«Men bu klubga, uning muxlislariga va «Inter»ning bir qismi bo‘lgan barcha insonlarga oshiq bo‘ldim. Bu dunyoning eng katta klublaridan biri. Bu yerga kelmasdan turib, uning naqadar ulkan klub ekanini to‘liq anglash qiyin. Menimcha, «Inter»ga o‘tish hayotimdagi eng yaxshi qaror bo‘ldi», — deya Suchichning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Petar Suchich bundan avval vatanida Zagrebning «Dinamo» klubi sharafini himoya qilgan.













