Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Tyerri Anri UYEFA prezidenti mukofotiga sazovor bo‘ldi

Tyerri Anri UYEFA prezidenti mukofotiga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubining sobiq hujumchisi Tyerri Anri futboldagi ulkan yutuqlari va ushbu sport turi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun UYEFA prezidenti mukofoti bilan taqdirlandi.

«Tezlik, nafislik, mahorat va hujumlarni yakunlashdagi xotirjamlik Anrini barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylantirdi. U futboldagi tarixini jahon miqyosidagi ekspert sifatida ham davom ettirmoqda.

U hech qachon haqiqatan muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishdan qo‘rqmagan. Anri doim kamsitish va irqchilikka qarshi chiqib keldi, ruhiy salomatlik muammolari haqida gapirdi hamda ko‘plab gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun vaqtini ayamadi.

Uning maydon tashqarisidagi ishtiyoqi va faoliyati mashhur «tomirlarida muz bor» degan ta’rif uning butun mohiyatini ifodalamasligini ko‘rsatdi. Bu sovuqqonlik ortida iliq va atrofidagilarga chuqur befarq bo‘lmagan qalb yashiringan», — deya UYEFA prezidenti Aleksander Cheferinning so‘zlarini tashkilotning rasmiy sayti keltiradi.

UYEFA prezident mukofotini 1998 yildan buyon topshirib keladi. Ushbu mukofot sovrindorlarning maydondagi va maydon tashqarisidagi futbolga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etadi.

Anri Londonning «Arsenal» klubida faoliyat yuritgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan — u klub safida 228 ta gol urgan. Shuningdek, u APL chempioni bo‘lgan.

Fransiyalik futbolchi «Monako», «Yuventus», «Barselona» va «Nyu-York Red Bullz» klublarida ham to‘p surgan. «Barselona» tarkibida 2009 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fransiya terma jamoasi safida Anri 1998 yilgi jahon chempionati va 2000 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan.

U klublar va milliy terma jamoa safidagi faoliyati davomida jami 411 ta gol urgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:13, 28.08.2026.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик